Skip to content
Open
Changes from all commits
Commits
File filter

Filter by extension

Filter by extension

Conversations
Failed to load comments.
Loading
Jump to
Jump to file
Failed to load files.
Loading
Diff view
Diff view
27 changes: 27 additions & 0 deletions c-.net/basic/starter/math-sinfi.md
Original file line number Diff line number Diff line change
Expand Up @@ -30,3 +30,30 @@ Math.Atan(1)=0,7853981633974483.

**Math.Floor()** - sonning butun qismi, kiritilgan sondan kichik yoki unga teng bo'lgan eng yaqin butun sonni qaytaradi. *double* yoki *decimal* tipida ma'lumot qabul qiladi va qaytaradi. Math.Floor(1.5)=1; Math.Floor(-1.5)=-2; Math.Floor(1.0)=1.

**Math.IEEERemainder()** - bir sonni boshqasiga bo'lgandagi qoldiqni hisoblaydi, faqat bu metodning ishlash algoritmi oddiy qoldiqnikidan boshqacharoq. a sonni b ga IEEERemainder orqali bo'lsak qoldiq IEEERemainder(a,b) = a - (b * Math.Round(a / b)) umumiy formula bilan hisoblanadi. Ya'ni agar a/b ning butun qismi 0.5 dan kichik bo'lsa IEEERemainder() ning qaytargan javobi oddiy qoldiq(a%b) bilan bir xil, aks holda a%b-b ga teng bo'ladi. Masalan, IEEERemainder(10,3)=-1; IEEERemainder(9,4)=1.

**Math.Log()** - sonning logarifmini hisoblaydi. Ikki xil usulda ishlatish mumkin. Agar bitta son kiritilsa shu sonning natural logarifmini, ikkita son kiritilsa ikkinchi son logarifmning yangi asosi bo’lib qoladi. Masalan, Math.Log(32,2) deb yozsak 2 asosga ko’ra 32 ning logarifmini hisoblab, bizga 5 ni qaytaradi.

**Math.Log10** - sonning o’nli logarifmini hisoblaydi. Math.Log(100) bizga 2 degan javobni qaytaradi.

**Math.Max()** - ikki sondan kattasini aniqlab beradi. Kiruvchi parametr sifatida ikkita son kiritiladi, bizga ulardan kattasining qiymatini qaytaradi.

**Math.Min()** - ikki sondan kichigini topadi. Kiruvchi parametr sifatida ikkita son kiritiladi, bizga ulardan kichigining qiymatini qaytaradi.

**Math.PI** - konstanta. Pi sonining qiymati 3,14159265358979 ni qaytaradi.

**Math.Pow()** - sonni darajaga ko’taradi. Kiruvchi parametrda ikkita son asos va daraja kiritiladi, bizga hisoblangan qiymatni qaytaradi. Masalan, Math.Pow(3,2) 9 ni qaytaradi.

**Math.Round** - sonni yaxlitlaydi. Agar kiruvchi parametrda bitta son Math.Round(a) ko’rinishida kiritilsa, a ni butun songacha yaxlitlangan qiymatini, ikkita son Math.Round(a,b) ko’rinishida kiritilsa, a sonni verguldan keyin b ta xonagacha yaxlitlangan qiymatini qaytaradi.

**Math.Sign()** - sonning ishorasini aniqlab beradi. Agar son musbat bo’lsa 1 ni, manfiy bo’lsa -1 ni, nolga teng bo’lsa 0 ni qaytaradi.

**Math.Sin()** – burchakning sinusini hisoblaydi. Burchak qiymati radianda kiritiladi. Kiruvchi va qaytariluvchi parametrlar faqat *double* tipida bo'ladi. Math.Sin(3.141592653589793)=0;

**Math.Sqrt()** - sonning kvadrat ildizini hisoblaydi.

**Math.Tan()** - burchakning tangensini hisoblaydi. Burchak radianda kiritiladi. Kiruvchi va chiquvchi parametrlar faqat *double* tipida bo’ladi. Masalan, Math.Tan(3.141592653589793) ifoda 0 ni qaytaradi.

**Math.Tanh()** - burchakning giperbolik tangensini hisoblaydi.

**Math.Truncate()** - bu metod ham sonning butun qismini hisoblaydi. Musbat sonlarda Math.Floor() bilan bir xil ishlaydi. Lekin ularning farqi manfiy sonlarda namoyon bo’ladi. -3.14 ning butun qismini olib ko’radigan bo’lsak, Math.Truncate(-3.14) ifoda -3 ni, Math.Floor(-3.14) ifoda esa -4 ni qaytaradi. Matematik tomondan butun qism olish uchun Math.Floor() to’la mos keladi, lekin shuni unutmangki, Math.Truncate() ni ham o’z o’rni bor.